Jamiyat
Ayni vaqtda Prezident raisligida mahallalarda kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha qilingan ishlar sarhisobi va 2025-yil uchun ustuvor vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
Unda davlat rahbari tizimdagi ayrim rahbarlar “bu vaqtincha, bir-ikki yilda oʻtib ketadi” degan kayfiyatda yurganiga alohida toʻxtalib oʻtdi.
Taʼkidlanishicha, bu borada sustkashlik va masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygan iqtisodiy kompleksdagi 297 nafar rahbar ishdan olingan. Ularning oʻrniga zamonaviy fikrlaydigan, yangi tajriba yaratib, odamlarni rozi qilaman degan tashabbuskor yoshlar ishga olingan.
“Qatʼiy ogohlantiraman – mahallaga tushib, odamlarimiz va tadbirkorlar muammosini hal qilmagan rahbar ishlamaydi. Hamma oʻzgarishi kerak.
Koʻrib turibsizlar, har daqiqa dunyodagi siyosiy va iqtisodiy vaziyat qiyinlashib, yangi-yangi tahdidlar paydo boʻlyapti. Ularga bugun javob topmasak, keyin kech boʻladi”, – degan Shavkat Mirziyoyev yigʻilish davomida.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112183
Jamiyat
94866
Jamiyat
90942
Jamiyat
75723
Jamiyat
//
Izoh yo‘q