Ayrim hududlarda hafta davomida yana qor yogʻishi mumkin

Saqlash
14:29 / 16.12.2024 89 0

Oʻzgidromet 16–20-dekabr kunlari uchun ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

 

Unga koʻra, bugun, 16-dekabr kunduzi respublikaning barcha hududlari boʻyicha yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda.

 

Havo harorati 0–5 daraja sovuq atrofida, shimol va janubdagi baʼzi joylarda harorat +2 darajagacha koʻtarilishi mumkin.

 

Oʻzbekiston hududining katta qismida quruq ob-havo 19-dekabr kuniga qadar saqlanib turadi. Faqat 19-dekabr, chorshanba kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida va kunning ikkinchi yarmida Buxoro va Navoiy viloyatlarining baʼzi joylarida yogʻingarchilik boʻladi.

 

Respublika hududi boʻyicha harorat 17-dekabr kuni kechasi -8– -13 daraja sovuq boʻladi, kunduz kuni esa harorat koʻtarila boshlaydi.

 

19-dekabrga kelib, harorat kechasi 0– -2 daraja sovuqqacha, kunduz kuni +5– +7 daraja iliqqacha, janubdagi baʼzi joylarda +10 daraja iliqqacha koʻtariladi.

 

20-dekabr, juma kuni Oʻzbekiston boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir va qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik kuzatiladi. Kunduz kungi harorat +3–0 daraja iliqqacha pasayadi.

 

Respublikaning ayrim joylariga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

 

18–20-dekabrda baʼzi joylarda shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//