Jamiyat
Oʻzbekiston mehnat bozorida ishchi kuchiga boʻlgan talabni mutaxassisliklar kesimida oʻrganish tizimli yoʻlga qoʻyilmagan, natijada ishchi kuchi talabi va taklifi oʻrtasida nomutanosibliklar yuzaga kelmoqda.
Jumladan, 2023-yil natijalariga koʻra, ishsizlarni kasb-hunarga oʻqitish markazlarida taʼlim olganlarning 62 foizi ish bilan taʼminlangan boʻlsa, ularning bor yoʻgʻi 40 foizi oʻqitilgan kasbi boʻyicha ishga joylashgan.
Mehnat bozorida ishchi kuchiga boʻlgan talabning chuqur oʻrganilmaganligi natijasida taʼlim muassasalari tomonidan mehnat bozorida talab past boʻlgan kasblarga oʻqitish tendensiyalari kuzatilmoqda.
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari oʻtkazgan tadqiqotdan maʼlum boʻladiki, bugungi kunda ham 30 ta kasbga talab yuqoriligicha qolgan. Buni quyidagi suratdan bilib olish mumkin:
Quyidagi jadvalda esa kasblarga boʻlgan talabning hududlar boʻyicha koʻrsatgichi keltirilgan:
MHTI bu maʼlumotlarni toʻplashda Oʻzbekiston mehnat bozoridagi jami 178 ta kasbni tahlil qilgan va buning uchun 180 ta tuman va shaharlarda faoliyat yuritayotgan 7700 dan ortiq ish beruvchi ishtirokida soʻrovnoma oʻtkazgan.
Maʼlumot uchun, joriy yilning 1-avgusti holatiga koʻra Oʻzbekistonda ishsizlik darajasi 6,8 foizni tashkil qilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q