Jamiyat
Oʻzbekistonda 2025-yil 1-yanvardan boshlab Internetda tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beriladi.
Hukumat qarorida keltirilishicha:
▪️ koʻrsatib oʻtilgan faoliyat turlari, shuningdek, lotereyalarni tashkil etish boʻyicha faoliyatning litsenziya talablari va shartlari;
▪️ ushbu faoliyat turlarini amalga oshirishdagi cheklovlar;
▪️ faoliyatni tashkil etish uchun toʻlovlar turlari va summalari tasdiqlanadi.
Faoliyatni amalga oshirishda quyidagilarga taqiq mavjud:
▪️ 18 yoshga toʻlmagan shaxslarga toʻlovlarni amalga oshirish;
▪️ lotereya biletlarni sotish punktlaridan tashqari oʻyinchilar bevosita ishtiroki va boʻlishi bilan bogʻliq tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni oʻtkazish uchun moʻljallangan statsionar yoki koʻchma oʻyin zallari, kazino, oʻyin avtomatlar zallari yoki boshqa oʻyin muassasalarining tashkil etish.
Ushbu faoliyatni yoʻlga qoʻymoqchi boʻlgan yuridik shaxs Litsenziya olish uchun Oʻzbekiston rezidenti boʻlishi, shuningdek, respublikada joylashgan serverlarda elektron platformaga ega boʻlishi kerak.
Shuningdek, qaror hujjatida yozilishicha, tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarga qaramligi mavjud shaxslar roʻyxati ham ishlab chiqiladi. Mazkur roʻyxatga jismoniy shaxs oʻz arizasiga 6 oydan 5-yilgacha muddatga yoki uning yaqin qarindoshining arizasiga muvofiq sudning qarori asosida 5-yil muddatga kiritiladi.
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q