Rossiyada qarovsiz qolib ketgan bolalar Oʻzbekistonga qaytarildi

Saqlash
09:23 / 16.12.2024 39 0

Kecha ota-ona qaramogʻisiz qolgan 15 nafar bola Oʻzbekistonga olib kelindi.

 

Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabariga koʻra, ularning 10 nafari Rossiya Federatsiyasining 6 ta hududidan olingan. Oʻrganishlar davomida esa yana 5 nafar bola ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgani aniqlangan. Ular 15-dekabr tongida oʻz vataniga qaytarilgan.

 

Oʻz oilalariga qaytarilishiga qadar bolalarning 10 nafari Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam koʻrsatish markaziga, qolgan 5 nafari esa vaqtinchalik Toshkent shahridagi Bolalar uyiga joylashtirilgan.

 

“Ijtimoiy himoya milliy agentligi tarkibidagi “Inson” markazlari xodimlari va mahalladagi ijtimoiy xodimlar faol ish olib borib, bolalarni qabul qilish uchun ularning oilalarini har tomonlama tayyorlashda ishtirok etishdi”, deyiladi xabarda.

 

Agentlik bolalar qaytarilgach, mutasaddi xodimlar tomonidan ularning ruhiy holati va oilaviy muhiti muntazam monitoring qilinishi, zarurat tugʻilganda esa ijtimoiy xizmatlar biriktirilishini maʼlum qildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//