TTESI xalqaro reytingda yuqori oʻrinni egalladi

Saqlash
11:52 / 15.12.2024 168 0

Indoneziyaning “UI Green Metric World University Ranking” xalqaro reyting agentligi tomonidan butun dunyo oliy taʼlim muassasalari boʻyicha joriy yil reyting natijalari eʼlon qilindi.

 

Quvonarlisi, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti — xalqaro “UI Green Metric World University Ranking” nufuzli reytingida TOP oliy taʼlim muassasalari qatorida rivojlanayotgan institut sifatida eʼtirof etildi va dunyo oliygohlari ichida 1296-oʻrinni egalladi.

 

Maʼlumot uchun, UI Green Metric World University Ranking — 2010-yilda “Universitas Indonetsia” tomonidan tashkil etilgan yashil kampus va ekologik barqarorlik reytingidir. Mazkur tanlov “Universitas Indonetsia” tomonidan oʻtkaziladigan jahon darajasidagi oliy oʻquv yurtlari reytingi boʻlib, 6 mezon boʻyicha 39 koʻrsatkich orqali universitetlarning ekologik majburiyatlari va tashabbuslari natijalarini shaffof aniqlashga qaratilgan. Demak, UI Green Metric World University Ranking – “yashil” universitetlarning global reytingi hisoblanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//