Gender tenglik va boshqaruv indeksida Oʻzbekiston 52-oʻringa koʻtarildi

Saqlash
17:34 / 14.12.2024 278 0

Oʻzbekiston boshqaruv, taʼlim, IT, mehnat, tadbirkorlik va zoʻravonlikni oldini olish sohalarida erishilgan ijobiy natijalarga koʻra Gender tenglik va boshqaruv indeksida (GEGI) 103-oʻrindan 52-oʻringa koʻtarilgani maʼlum boʻldi.

 

Maʼlumot uchun, GEGI beshta asosiy sohada gender tengsizlikni baholab keladi.

 

Ushbu indeks 158 mamlakatni qamrab olgan boʻlib, gender tenglikka erishish yoʻlida muvaffaqiyat va kamchiliklarni aniqlash imkonini beradi.

 

Taʼkidlanishicha, demokratik boshqaruv shaklidagi Yevropa davlatlari – Belgiya, Italiya, Portugaliya va Ispaniya hamon roʻyxatda birinchi oʻrinda turibdi. Biroq, ayollar Afgʻoniston, Eron, Mavritaniya va Qatar kabi mamlakatlarda muvaffaqiyat qozonish uchun kurashmoqda.

 

Mintaqaviy jihatdan, Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va Janubiy Osiyoda 2024-yilda past koʻrsatkichlar qayd etilgan boʻlsa, Shimoliy Amerika, Yevropa va Markaziy Osiyo ayollarga koʻproq huquq va erkinliklarni berishda yaxshiroq ishlamoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//