
Jamiyat
IELTS imtihonidan 5,5 va undan yuqori ball toʻplaganlar bu yil hisobida 52 ming 706 nafarni tashkil qilmoqda. Oʻtgan yil bilan solishtirganda bu koʻrsatgich qariyb 4 mingtaga koʻpligini koʻrish mumkin.
2024-yilda 22 nafar oʻzbekistonlik IELTS'dan 9 olgan. IELTS 8,5 olganlar esa 310 nafarni tashkil etadi.
Taʼkidlash lozim, IELTS imtihonidan eng maksimal bahoni olish 2023-yildan boshlab sezilarli darajada oʻsib bormoqda. Jumladan, oʻtgan yilda 13 nafar talabgor IELTS'dan 9 ball olishga muvaffaq boʻlgan.
2020-yildan olib qaralganda bugungacha jami 36 nafar oʻzbekistonlik IELTS imtihonida eng yuqori bahoni qoʻlga kiritgan. 8,5 ball olganlar esa 757 nafarga yetgan.
Maʼlumot uchun, 2020-yilda 10 mingdan oshiqroq raqamlar bilan boshlangan koʻrsatgichlar 2024-yil oxiriga kelib 60 minglik darajaga qarab yuqorilab bormoqda.
Madaniyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q