
Jamiyat
Toshkent shahar hokimi qarori bilan keyingi yilning 1-yanvaridan poytaxt jamoat transporti yoʻnalishlarida (avtobus va metropoliten) bir yoʻlovchi qatnovi uchun cheklangan tarif – 3 000 (uch ming) soʻm etib belgilandi. Biroq bu faqat naqd pulda toʻlovchilar uchun.
Agar toʻlov elektron shaklda (transport yoki bank kartasi) amalga oshirilsa, yoʻl haqi hozirgidek oʻzgarishsiz qoladi – 1 700 soʻm.
Hujjatga koʻra, yangi yilda Toshkent shahri yoʻnalishlaridagi barcha avtobuslar salonida yoʻlkira haqini naqd pulda olish amaliyotidan voz kechiladi. Bunda kartasi yoʻq boʻlgan yoʻlovchilar avtobuslarda harakatlanish uchun Toshkent shahridagi bekatlarda va ular yaqinida oʻrnatilgan barcha toʻlov qurilmalari yaʼni, Paynet, MultiPay va Oson infokiosklari orqali naqd pulda bir martalik chipta xarid qilish kerak boʻladi.
Shuningdek, yoʻlovchilar koʻp martalik (2, 5, 7 kun amal qiladigan) tarif rejalaridan ham foydalanishi mumkin.
Maʼlumot uchun, qatnovlar soniga bogʻliq holda belgilangan transport kartalarining va transport kartalaridan foydalanilgan holda bir soat ichida bir yoʻnalishli yoʻlovchi transportidan boshqasiga oʻtish sonidan kelib chiqqan holda imtiyozli va bepul tarif rejalarining narxlari oʻzgarishsiz qoldiriladi.
Iqtisod
Madaniyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q