Jamiyat
Soʻnggi kunlarda Qozogʻiston Respublikasining hududlarida ob-havoning keskin sovib, yoʻllarda harakatlanish bilan bogʻliq noqulayliklar yuzaga kelayotgani sabab Migratsiya agentligi ushbu davlatda boʻlib turgan va tranzit yoʻnalishida harakatlanayotgan Oʻzbekiston fuqarolarini ogohlikka chaqirmoqda.
“Yaqin haftalar davomida magistral yoʻllarga tuman tushib, kuchli qor yogʻishi hamda muzlash holatlari kuzatilishi mumkin. Bu esa avtoyoʻllarda harakatlanishda qiyinchiliklar keltirib chiqaradi”, deyiladi xabarda.
Shu munosabat bilan, qoʻshni davlatda boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolaridan yoʻllarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya qilish, juda zarur boʻlganda poyezd yoki samolyotga chiqish, zarurat boʻlmaganda esa uzoq masofali yoʻllarda transport vositalarida harakatlanmay turish soʻralmoqda.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
109962
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73401
Jamiyat
//
Izoh yo‘q