
Jamiyat
Isteʼmolchilar chakana savdo obyektlaridan ayrim tovarlarni sotib olganda xarid summasidan 1 foiz miqdordagi keshbek qaytarilishidan xabaringiz bor. Bunda chekdagi QR-kod yoki fiskal raqamlar “Soliq” mobil ilovasiga kiritiladi va qaytarilgan pul isteʼmolchining hisobida yigʻilib boradi.
Taʼkidlash lozim, ayrim toifadagi fuqarolar 1 foiz miqdordagi keshbek oʻrniga, 12 foiz QQS summasini qaytarib olishi mumkin. Bunda ular “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan boʻlishi lozim.
Shu paytgacha roʻyxatda turgan shaxslarga quyidagi mahsulotlarni sotib olganda 12 foizlik QQS qaytarib berilar edi:
▪️ Qoʻy goʻshti;
▪️ Parranda goʻshti;
▪️ Mol goʻshti;
▪️ Tuxum;
▪️ Oʻsimlik yogʻi.
Endilikda ularning soni yana 4 taga koʻpaydi:
▪️ Un;
▪️ Shakar;
▪️ Dori vositalari;
▪️ Tibbiy xizmatlar.
QQS summasini qaytarib olishi uchun “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan isteʼmolchi “Soliq” ilovasini yuklab olib, Face ID yordamida roʻyxatdan oʻtadi. Keyin ilovada xarid chekining QR-kodini skanerlaydi. Ular “Ijtimoiy keshbek”ni “Keshbek va imtiyozlar” boʻlimida kuzatib borishi mumkin.
Maʼlumot uchun, “Yagona reyestri”ga kiritilgan fuqarolar 12 foizli QQSni qaytarib olishda quyidagilarni hisobga olishi shart:
▫️ xarid qilingan tovar QQS qaytariladigan mahsulotlar roʻyxatiga kiritilganligi;
▫️ xaridor “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligi;
▫️ tadbirkor QQS toʻlovchisi sifatida roʻyxatdan oʻtganligi.
Madaniyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q