Siyosat
Prezident oʻz raisligida oʻtkazilayotgan 2025-yil uchun ustuvor vazifalar muhokamasiga qaratilgan yigʻilishda ijtimoiy himoya masalasiga ham alohida toʻxtaldi.
Prezident kambagʻal oila farzandlarini chet tili, IT va kasb-hunarga oʻqitish uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida mutasaddilarga 1-martgacha toʻgaraklar ochib, kambagʻal oiladagi 118 ming yoshlarni oʻqitishni boshlash topshirigʻini berdi.
Toʻgarak xarajatlarining 80 foizgacha boʻlgan qismi davlat byudjetdan qoplanadi.
Davlat rahbari shuningdek, kambagʻal oilalar farzandlarini tayyorlab, 2025-yilda 3,5 ming yoshlarni oliygohga grant asosida qabul qilish zarurligini taʼkidladi. Oliygoh rektorlariga esa kambagʻal oiladan jami 4 ming nafar yoshlarni oʻqitishga bosh-qosh boʻlish vazifasi tayinlandi. Vazir Q. Sharipovga bu borada tegishli topshiriqlar berildi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q