Jamiyat
2025-yil uchun ustuvor vazifalar muhokamasiga qaratilgan yigʻilishda Prezident dunyoning eng ruhlantiruvchi “Top-100” ayoli roʻyxatiga kirgan Denovlik Dilorom Yoʻldoshevaning ishlarini eʼtirof etib, “Mardlik” ordeni bilan taqdirladi.
Denovlik ayol nogironligi boʻla turib, tikuv korxonasini ochib, 40 nafar kambagʻal xotin-qizlarni ishli qilgan.
“Mana shunday irodali, matonatli insonlarni hammaga oʻrnak qilib koʻrsatsak, ular bilan har qancha faxrlansak arziydi”, – deydi davlat rahbari.
Dilorom Yoʻldosheva Prezident farmoniga muvofiq, yigʻilishda “Mardlik” ordeni bilan taqdirlandi.
Prezident 2025-yilda bunday insonlar haqida kamida 5 ta motivatsion hujjatli va badiiy filmlar suratga olish muhimligini taʼkidladi. Bu boradagi ishlarni muvofiqlashtirish Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Sh.Mirziyoyeva zimmasiga yuklatildi.
Siyosat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
111063
Jamiyat
94518
Jamiyat
90462
Jamiyat
74538
Jamiyat
//
Izoh yo‘q