![](/storage/posts/January2025/QzlrYKRQppcPTUZASDMD-small.jpg)
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ishlar natijadorligi va 2025-yil uchun ustuvor vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda. Unda Prezident bu yil ijtimoiy himoya boʻyicha 34 ta muhim yangilikka qoʻshimcha 28 ta yangi tashabbusni ilgari surdi.
Xususan, 2025-yilda 1 million 200 ming aholini kambagʻallikdan chiqarish uchun taʼlim, toʻgarak, kasb-hunar, tibbiyot masalalarini hal qilish va yashash sharoitini yaxshilash zarurligi taʼkidlandi. Toyloq va Kosonsoyda “Ilk rivojlanish markazlari” ochilib, kambagʻal oiladagi va nogironligi boʻlgan 4 ming 200 nafar bolaga bogʻcha taʼlimi berildi.
Viloyat hokimlariga oʻzidagi har bir tumanda bittadan shunday tajribani tashkil qilish topshirildi. Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri H.Umarovaga 2025-yilda kambagʻallik yuqori 1 mingta mahallada bittadan oilaviy bogʻcha faoliyatini yoʻlga qoʻyish topshirildi. Yangi yildan oilaviy bogʻcha oʻrinlarini 15 foiziga kambagʻal oila farzandlari qabul qilinadi va bogʻcha toʻlovi qisman qoplab beriladi.
Siyosat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q