Jahon
Telegram messenjeri 2024-yilda bloklangan kanallarga oid statistikasini eʻlon qildi. Unga koʻra, joriy yilda 15,3 millionta guruh va kanallar bloklangan.
Qayd etilishicha, qariyb 702 mingta kanal bolalarga nisbatan jinsiy zoʻravonlikka oid materiallar boʻlgani uchun bloklangan, yana 129 mingtasi terrorizm bilan bogʻliqligi sabab bloklangan.
Xabarda taʻkidlanishicha, 2022-yildan beri terrorizm bilan bogʻliq 100 milliondan ortiq kontent oʻchirilgan.
Telegram asoschisi Pavel Durov avgust oyi oxirida Parij aeroportida hibsga olingan edi. U messenjerni yetarlicha moderatsiya qilmaganlikda gumonlanmoqda. Jandarmeriya maʻlumotlariga koʻra, bu va uning hamkorlik qilishdan bosh tortishi uni bolalar pornografiyasi, firibgarlik va boshqa jinoyatlarni tarqatishda sherik qiladi. Keyinroq Durov 5 million yevro garov va haftasiga ikki marta politsiya boʻlimiga xabar berish majburiyati evaziga ozod qilingandi.
23-sentabr kuni Durov Telegram asosli qonuniy talablarga javoban huquq-tartibot idoralariga qonun buzgan shaxslarning IP-manzillari va telefon raqamlarini oshkor qilishi mumkinligini aytgandi.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q