Madaniyat
Foto:OʻzA
Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov Abdulaziz Komilovni Turkmaniston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlikni mustahkamlashga qoʻshgan salmoqli hissasi uchun “Hurmatli el yoshullisi” (“Hormatly il ýaşulusy”) unvoni bilan taqdirladi.
Komilovni taqdirlash boʻyicha qabul qilingan qarorda Komilovning milliy anʼanalarni rivojlantirish, yosh avlodni tarbiyalash, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-madaniy sohalardagi hamkorlikni kengaytirishdagi xizmatlari alohida qayd etilgan.
Bundan tashqari, Komilovga shoir Maxtumquli Firogʻiy tavalludining 300 yilligi munosabati bilan “Maxtumquli Firogʻiyning 300 yilligi” yubiley medali va yodgorlik belgilari ham topshirildi.
Maʼlumot uchun, Abdulaziz Komilov Oʻzbekistonning sobiq tashqi ishlar vaziri hisoblanadi. U ayni paytda Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosari vazifasini bajarib kelmoqda.
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
112429
Jamiyat
95089
Jamiyat
91308
Jamiyat
76007
Jamiyat
//
Izoh yo‘q