Hafta oxirida respublika boʻylab qor yogʻishi kutilmoqda

Saqlash
15:26 / 12.12.2024 277 0

Oʻzgidromet 14–16-dekabr kunlar uchun ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasida havo biroz bulutli boʻladi, 14-dekabrda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, 15-dekabrda baʼzi joylarda qor yogʻadi. 16-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14-dekabrda kechasi 0–5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 15-dekabrda kechasi 3–8° sovuq, kunduzi 0–5° sovuq; 16-dekabrda kechasi 10–15° sovuq, kunduzi 3–8° sovuq boʻladi.

 

Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, 14-dekabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. 15-dekabrda baʼzi joylarda qor yogʻadi. 16-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14-dekabrda kechasi 3° sovuq–2° iliq, kunduzi 3–8° iliq, 15-dekabrda kechasi va kunduzi 0–5° sovuq; 16-dekabrda kechasi 8–13° sovuq, kunduzi 0–5° sovuq boʻladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, 14-dekabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 15-dekabrda baʼzi joylarda qor yogʻadi. 16-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14-dekabrda kechasi 0–5° iliq, kunduzi 7–12° iliq; 15-dekabrda kechasi va kunduzi 3° sovuq–2° iliq; 16-dekabrda kechasi 7–12° sovuq, kunduzi 0–5° sovuq boʻladi. Navoiy viloyatining shimolida 14-dekabrda kechasi 0–5° sovuq, kunduzi 0–5° iliq, 15-dekabrda kechasi 3–8° sovuq, kunduzi 0–5° sovuq; 16-dekabrda kechasi 10–15° sovuq, kunduzi 3–8° sovuq boʻladi.

 

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, 14-dekabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 15-dekabrda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. 16-dekabrda kechasi va ertalab baʼzi joylarda qor yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 14–15-dekabrda baʼzi joylarda 13–18 m/s gacha, ayrim joylarda baʼzida 20–25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14-dekabrda kechasi 0–5° iliq, kunduzi 7–12° iliq; 15–dekabrda kechasi 0–5° iliq boʻladi, kunduzi 3° sovuqqacha pasayadi; 16-dekabrda kechasi 7–12° sovuq, kunduzi 0–5° sovuq boʻladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, 14-dekabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 15-dekabrda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. 16-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14-dekabrda kechasi 2–7° iliq, kunduz 9–14° iliq; 15-dekabrda kechasi 2–7° iliq boʻladi, kunduzi 0–2° sovuqqacha pasayadi; 16-dekabrda kechasi 3–8° sovuq, kunduzi 3° sovuq–2° iliq boʻladi.

 

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, 14-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, 15-dekabrda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. 16-dekabrda kechasi va ertalab baʼzi joylarda qor yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5–10 m/s tezlikda esadi, 15-dekabrda baʼzi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14-dekabrda kechasi 0–5° sovuq, kunduzi 0–5° iliq; 15-dekabrda kechasi 0–5° iliq boʻladi, kunduzi 2° sovuqqacha pasayadi; 16-dekabrda kechasi 5–10° sovuq, kunduzi 0–5° sovuq boʻladi.

 

Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, 14–16-dekabrda vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi, 15–16-dekabrda baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 14–15-dekabrda baʼzi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14-dekabrda kechasi 0–5° sovuq, kunduzi 0–5° iliq; 15-dekabrda kechasi va kunduzi 0–5° sovuq; 16-dekabrda kechasi 12–17° sovuq, kunduzi 7–12° sovuq boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//