Jamiyat
Toshkent shahrida bayram tantanalarini nishonlashga tayyorgarlikni boshlab yuborildi.
Ayni kunlarda poytaxtdagi koʻplab maskanlarda bayram archalari bezatilmoqda.
Jumladan, asosiy archa Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining old maydonida tashkil qilinib, yurtdoshlarimiz u yerga 25-dekabrdan 10-yanvargacha tashrif buyurishi mumkin (soat 11:00 dan 23:00 ga qadar).
Shuningdek, bayram tadbirlari quyidagi manzillarda ham tashkil etiladi:
▪️ Bektemir tumani: “Food city” majmuasi — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 13:00 — 19:00;
▪️ Mirobod tumani: “Furqat” bogʻi — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 13:00 — 19:00;
▪️ Mirzo Ulugʻbek tumani: Markaziy bogʻi — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 11:00 — 22:00;
▪️ Sergeli tumani: Tuman markaziy xiyoboni — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 13:00 — 19:00;
▪️ Olmazor tumani: Talabalar shaharchasi — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 13:00 — 19:00;
▪️ Shayxontohur tumani: “Anhor Lokomotiv” bogʻi — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 11:00 — 22:00;
▪️ Shayxontohur tumani: “Tashkent City” bogʻi — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 11:00 — 22:00;
▪️ Uchtepa tumani: “Seul” Eko-bogʻi — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 13:00 — 19:00;
▪️ Chilonzor tumani: “Gʻofur Gʻulom” nomidagi istirohat bogʻi — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 11:00 — 22:00;
▪️ Chilonzor tumani: “Humo Arena” muz saroyi old maydoni — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 11:00 — 22:00;
▪️ Chilonzor tumani: “Magic city” bogʻi — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 11:00 — 22:00;
▪️ Yakkasaroy tumani: “Next” savdo majmuasi — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 13:00 — 19:00;
▪️ Yashnobod tumani: “Ashhobod” sayilgohi — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 11:00 — 20:00;
▪️ Yangihayot tumani: “Mehrigiyo” 24/7 savdo va xizmat koʻrsatish koʻchasi maydoni — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 13:00 — 19:00.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q