Jamiyat
Raqobat qoʻmitasiga Toshkent shahrida yashovchi fuqarolardan murojaat kelib tushdi. Maʼlum boʻlishicha, yoʻlovchilar “Yandex” taksi xizmatiga buyurtma yoʻl haqini naqd pulda toʻlashiga qaramay, bank plastik karta orqali ham yoʻl kiraga qayta pul yechib olingan.
Bundan tashqari, buyurtma qilingan bayram tortlari, taomlar, maishiy texnikalarni taksilar orqali yetkazishda ham muammolar kuzatilgan. Yaʼni buyurtmalar notoʻgʻri manzilga yetkazilgan, kechiktirilgan yoki umuman yetkazilmagan. Qoʻmitaning maʼlum qilishicha, mazkur muammolar ijobiy hal etilgan.
Bugungi kunda “Global Star” MCHJ tomonidan bunday qoida buzilishlarga yoʻl qoʻygan haydovchilar “YandexGo” ilovasida bloklangan.
Shuningdek, “Yandex” taksi koʻrsatilmagan xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirgan fuqarolarga jami 1 mln 9 ming soʻm miqdoridagi pul mablagʻlarini qaytarib bergan.
Oldinroq ayrim hududlardagi gaz “zapravka”lar faoliyatiga vaqtinchalik cheklovlar kiritilishi xabar qilingan edi.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q