
Jamiyat
Rossiyaning “Russian traveler” jurnali tomonidan tashkil etilgan “Russian traveler Awards 2024” milliy turizm mukofotining ekspert hakamlar hayʼati tanlovi natijasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi “Turizm v SNG” nominatsiyasida gʻolib deb topildi.
Taqdirlash marosimida Turizm qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Jamshid Abdusalomov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi ishtirok etgan.
“Russian Traveler” jurnali — bu mamlakat ichida sayohat qilish va mashhur xalqaro yoʻnalishlarga bagʻishlangan rus nashri hisoblanadi. Unda sayohat gʻoyalari, ekspert maslahatlari va jonli fotosuratlar bilan boyitilgan maqolalar chop etiladi.
2024-yil iyul oyida ushbu jurnalning Oʻzbekistonning turizm salohiyatiga bagʻishlangan “Oʻzbekiston – Sharq ertagi” («Узбекистан – Восточная сказка») nomli maxsus soni chop etilgan edi.
Nashr, shuningdek, har yili Rossiyadagi eng yaxshi sayyohlik yoʻnalishlari, mehmonxonalar, kruizlar va turizmning boshqa jihatlarini eʼtirof etuvchi “Russian Traveler” mukofotlarini oʻz egalariga toshiradi.
Madaniyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q