
Jamiyat
“Abu Valid” laqabi bilan Suriyadagi vaziyatni tarmoqlarda yoritib borayotgan asli oʻzbekistonlik Nuriddinov Xudoyor Baxtiyor oʻgʻliga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qidiruv eʼlon qilindi.
Nuriddinov Xudoyor 1994-yil 27-sentyabrda Fargʻona viloyatida tugʻilgan.
Mazkur shaxs “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga tajovuz qilish”, “terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida oʻquvdan oʻtish yoki harakatlanish”, va “chet elga noqonuniy chiqish” jinoyatlarini sodir qilishda ayblanmoqda.
Nuriddinov 2016-yil Rossiya Federatsiyasiga mehnat muhojiri sifatida borib, u yerda xalqaro terroristik tashkilotlarning gʻoyalari taʼsiriga tushib, Suriyaga ketgan. Ushbu davlatda turib olib borgan bir qancha targʻibot ishlari oqibatida bir qancha oʻzbekistonliklar janglarda ishtirok etib, halok boʻlgan.
Ayni vaqtda Nuriddinov ijtimoiy tarmoqlar orqali oʻzining jinoiy qilmishlariga diniy tus bergan holda jihodga chorlovlarni davom ettirmoqda.
DXX matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, u tomonidan tarqatilgan video tasvirlarni saqlash, olib yurish va tarqatish jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.
Madaniyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q