Hindistonlik erkak gazeta yordamida Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi

Saqlash
11:54 / 10.12.2024 359 0

Hindistonlik Shashanka Sekhar Dash oʻqishga qiziqishi orqali oʻz nomini Ginnesning rekordlar kitobiga “yozib qoʻydi”. Chunki u dunyoda hech kim qila olmagan ishni bajargan, yaʼni uning 4 500 nusxadan ortiq gazeta kolleksiyasi bor.

 

Dashning aytishicha, u bolaligida gazeta oʻqishga juda qiziqqan. 2000-yilda esa mamlakatdagi bosma nashrlardan birida muharrir yordamchisi etib tayinlangan.

 

Dash mehnat faoliyatida davomida juda koʻp gazeta oʻqigan. Bu esa uning uyida oʻqib chiqilgan nashrlar toʻplanishiga sabab boʻlgan. Yakuniy hisob-kitoblarga koʻra, rekordchining uyidan 4 515 ta turli nomdagi roʻznoma topilgan.

 

Xabarda yozilishicha, bu insonning toʻplamidan 94 tildagi turli maqolalarni topish mumkin.

 

Ajablanarlisi, hind gazetxoni roʻznoma yigʻish uchun faqatgina Nepalga tashrif buyurgan. Qolgan xorijiy davriy nashrlarni esa u boshqa odamlar orqali topgan.

 

Ginnesning rekordlar kitobini tuzuvchilar Dashning kolleksiyasini “turli nomdagi gazetalarning eng katta toʻplami” deb tan olishdi hamda uning nomini rekordchilar roʻyxatiga kiritishdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//