
Jamiyat
Energetika vazirligi ob-havo keskin sovigan kunlarda aholini uzluksiz energiya resurslari bilan taʼminlash yuzasidan zarur choralar koʻrilayotganini maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, havo haroratining keskin pasayishi natijasida isteʼmolchilarning tabiiy gazga boʻlgan talabi keskin oshib, respublika gaz transport tizimi obyektlari maksimal quvvatlarda ishlashiga, shu jumladan, gazni yer osti saqlash omborlaridan rejalashtirilgan maksimal kunlik gaz olinishiga va tarmoqqa uzatilishiga qaramay, quvurlarda gaz bosimining pasayishi kuzatilmoqda.
Bu jarayonda birinchi navbatda aholi xonadonlari hamda ijtimoiy soha obyektlarini (tibbiyot, maktab, maktabgacha taʼlim, oliy taʼlim muassasalari va boshqalar) tabiiy gaz bilan taʼminlash ustuvor vazifa ekanini inobatga olib, isteʼmol yuqori boʻlgan ayrim hududlardagi avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari (gaz zapravkalar) faoliyatiga qisqa muddatli cheklov kiritilishi rejalashtirilgan.
Maʼlumot uchun, cheklovlar hududlardagi mahalliy hokimliklar bilan birgalikda ishlab chiqilgan reja-grafiklarga muvofiq amalga oshiriladi. Bu boʻyicha viloyatlar va tumanlar hokimliklari rasmiy axborot manbalarida tegishli tartibda maʼlumot berib borilishi yoʻlga qoʻyiladi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q