Jamiyat
7-dekabr kuni Prezident raisligida boʻlib oʻtgan yigʻilishda Tashqi ishlar vazirligiga Buyuk Britaniya, Germaniya, Kanada, Slovakiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya kabi mamlakatlarda oʻqish va malaka oshirish, zamonaviy korxonalarda ishlash istagida boʻlgan fuqarolarga yengillik boʻlishi uchun viza tartibini soddalashtirish boʻyicha zarur choralar koʻrish topshirildi.
Bundan tashqari, “Work and Travel” kabi ham bilim olib, ham daromad topadigan dasturlardan foydalanish imkoniyatini oshirish maqsadida kelgusi yildan Yoshlar ishlari agentligi tomonidan talabalarning yoʻlkira xarajatlari uchun ssuda ajratish yoʻlga qoʻyilishi maʼlum qilindi.
Bundan tashqari, yigʻilishda chet elda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz bilan muloqotni kuchaytirish, ularning koʻproq oylik olishiga sharoit yaratish hamda ijtimoiy va huquqiy qoʻllab-quvvatlash lozimligi qayd etildi.
Siyosat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
111063
Jamiyat
94518
Jamiyat
90462
Jamiyat
74538
Jamiyat
//
Izoh yo‘q