Madaniyat
Choʻlponning qalamiga mansub “Zamona xotini” pyesasi “hech kutilmaganda Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi fondidan asarning arabiy imlodagi qoʻlyozma varianti topildi”.
Asar muallifning bugunga qadar qoʻlyozma nusxasi topilmagan nodir pyesalaridan biri hisoblanar edi.
Eng muhim jihati, qoʻlyozma ustidan Choʻlpon xati bilan tuzatishlar, izohlar kiritilgan. Shuningdek, soʻzboshi ham yozilgan.
“Asarda zamon shamollari taʼsiri sezilsa-da, u halollik, mehnat, inson shaʼnini avaylash kabi azaliy qadriyatlar ustiga qurilgan”, deyiladi Yozuvchilar uyushmasi xabarida.
Pyesa bolasini bagʻriga bosgancha, yangi ijtimoiy munosabatlar ichiga qisinib-qimtinib kirib borayotgan oʻzbek ayoli haqida soʻzlaydi.
Hozirda kitob 1000 nusxada nashrdan chiqqan.

Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112240
Jamiyat
94919
Jamiyat
91015
Jamiyat
75794
Jamiyat
//
Izoh yo‘q