Jamiyat
Aktrisa Halima Ibragimova 45 yoshida vafot etdi. Bu haqida Mirzabek Xolmedovning oʻgʻli Ulugʻbek hamda Yulduz Usmonova oʻz Instagram sahifasida maʼlum qildi.
Taʼkidlash lozim, marhumning oʻzi Instagram'da bir necha oy koʻrinmay qolgandi. U keyinchalik, yaʼni 24-noyabrda muxlislarga aloqaga chiqib, ogʻir betob boʻlgani haqida soʻzlab bergan edi.
“Ozgina sogʻligʻimda mazam boʻlmay qolgandi. Shunga chiqish qilmadim. Issiq jonmiz, bilib boʻlmaydi. Hozirgi kunda sogʻligim ancha yaxshi.Xudo xohlasa, sizlarning duolaring bilan yana kuch-quvvatga kirib, oldilaringga qaytishga tayyorman. Davolanish ishlari davom etmoqda. Yaqin kunlarda “Mirzo” teatrining konserti, u yerda rol ijro etishim kerak”, degan edi aktrisa mazkur videoda.
Maʼlumot uchun, ikki farzandning onasi boʻlgan Halima Ibragimova 1979-yili Toshkentda tugʻilgan. U Toshkent davlat san’at instituti drama aktyorligi bo‘limida tahsil olgan va ko‘p yillar davomida Mirzabek Xolmedov boshchiligidagi teatr-studiyada ishlagan.
Shuningdek, muxlislar uni kinofilmlardagi turli rollardan tanishgan.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q