Qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan 483 nafar shaxs afv etildi

Saqlash
11:08 / 07.12.2024 335 0

Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32-yilligi munosabati bilan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi 23-bandiga asosan bilib-bilmay jinoyat sodir etgan, hozirgi vaqtda qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan jazo muddatini oʻtayotgan 483 nafar shaxs afv etildi.

 

Bu boʻyicha Prezident Farmoni imzolandi.

 

Hujjatga koʻra, afv etilganlarning 107 nafari jazodan toʻliq, 275 nafari esa jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi. Yana 7 nafariga tayinlangan jazo yengilroq jazo bilan almashtirilgan boʻlsa, qolgan 94 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.

 

Maʼlumot uchun, afv etilganlarning 25 nafarini chet el fuqarolari, 32 nafarini ayol, 5 nafarini 60 yoshdan oshgan erkaklar, 274 nafarini yoshlar (shulardan, 104 nafari voyaga yetmaganlar) hamda 6 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.

 

Farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan shaxslarni oilasi va yaqinlari bagʻriga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shugʻullanishlari, sogʻlom turmush tarzini yoʻlga qoʻyib, jamiyatda munosib oʻrin topishlari uchun ularga koʻmak berish yuzasidan masʼul vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//