Jamiyat
Yolgʻon axborot tarqatishga beriladigan jazo gumonlanuvchining manfaati va harakatning qayta takrorlanishi bilan darajalanadi.
Masalan, shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obroʻsizlantirilishiga olib keladigan yolgʻon axborotni tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmogʻida tarqatish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilgandan keyin sodir etilgan boʻlsa, BHMning bir yuz ellik baravarigacha (56 mln 250 ming soʻm) miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.
Jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi yolgʻon axborotni ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmogʻida tarqatgan shaxslar BHMning ikki yuz baravarigacha (75 mln soʻm) miqdorda jarima toʻlaydi yoki ularga uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlariga jalb qilish yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash jazosi beriladi.
Agar bunday harakatlar takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan yoki koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa BHMning ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha (75 mln soʻmdan 93 mln 750 ming soʻmgacha) miqdorda jarima yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash jazosi tayinlanadi.
Bundan tashqari, yolgʻon axborotlar ommaviy tadbirlar jarayonida yoki favqulodda vaziyat holatida tarqatilsa, BHMning ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha (75 mln soʻmdan 150 mln soʻmgacha) miqdorda jarimaga yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklashga sabab boʻladi.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q