Jamiyat
“Toshkent – Xoʻjakent” yoʻnalishida harakatlanuvchi yangi elektropoyezdni koʻzdan kechirish maqsadida Shavkat Mirziyoyev 6-dekabr kuni unga chiqib, Xojikentgacha keldi.

Safar chogʻida mutasaddilar bilan temir yoʻl sohasi va “Yashil makon” loyihasi doirasida qilinayotgan ishlar va rejalar muhokama qilindi.
Jumladan, temir yoʻl infratuzilmasini rivojlantirish, yoʻlovchilar uchun sharoitlarni yaxshilash, temir yoʻllarni elektrlashtirish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boʻyicha hisobotlar tinglandi.

Muhokama davomida Toshkent va Xojikent oraligʻidagi temir yoʻlga tutash maydonlarni 2025-yilgi renovatsiya dasturiga kiritib, ularni tartibga keltirishga koʻrsatma berildi. Yoʻnalishdagi egri qismlarni toʻgʻri qilib qayta qurish orqali kunlik ekspress poyezdlar qatnovini koʻpaytirish va koʻproq yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish uchun sharoit yaratish topshirildi.

Shuningdek, “Yashil makon” loyihasi doirasidagi ishlar haqida ham gapirildi. Bunda temir yoʻl chetlarini koʻkalamzorlashtirish, suv resurslari cheklangan hududlarda xorijiy tajriba asosida qurgʻoqchilikka chidamli oʻsimliklarni ekish, chet eldan faqat mahalliy iqlimimizga mos boʻlgan koʻchatlarni keltirish zarurligi qayd etildi.
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
109959
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73396
Jamiyat
//
Izoh yo‘q