
Jamiyat
15-dekabrdan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Samarqand-Toshkent-Yoʻlovchi-Samarqand” yoʻnalishida 775/776-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdlari yoʻlovchilarni tashishni boshlaydi.
Bunda qatnovlar haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
Ushbu qoʻshimcha qatnov 2024-yilning 15–31-dekabr sanalarida hamda 2025-yilning 3–12-yanvar sanalarida yoʻlga qoʻyiladi va quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
▪️775-sonli “Samarqand — Toshkent Yoʻlovchi”
Samarqand 10:55 — Toshkent 13:15;
▪️776-sonli “Toshkent Yoʻlovchi — Samarqand”
Toshkent Yoʻlovchi 13:56 — Samarqand 16:14.
Bundan tashqari, 15-dekabrdan 769-sonli “Buxoro-Toshkent” yoʻnalishidagi yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdi harakat vaqtlari oʻzgaradi.
Bunda uning harakatlanish jadvali quyidagicha:
▪️769-sonli “Buxoro — Toshkent”
Buxoro 14:58 — Toshkent Yoʻlovchi 19:17.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q