Madaniyat
Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti hamda Parij xalqaro modalar akademiyasi (AICP) hamkorligida qoʻshma fakultet tashkil etilgan edi. Ushbu qoʻshma fakultet Markaziy Osiyoda ayni yoʻnalish boʻyicha faoliyat yuritayotgan yagona dargoh hisoblanadi.
4-dekabr kuni ushbu fakultetning Moda va dizayn kafedrasi professori, texnika fanlari doktori, AICP bloki rahbari Umida Moʻminova Parij xalqaro moda akademiyasining eng yuqori 6-darajali modelist diplomi bilan taqdirlandi.
«Institutimizda amalga oshirilayotgan ishlar xalqaro darajada tan olinishi quvonarli hol. Shunday ekan kelgusida safar talabalarimizni erishgan yutuqlari bilan ham tabriklashimizga ishonaman. Sizlarning yuqori natijalarga erishishingiz uchun qoʻlimizdan kelgan barcha ishlarni amalga oshiramiz”, degan institutning yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Baxtiyor Nasimov.
Prorektorning soʻzlariga koʻra, OTMda yana bir qoʻshma taʼlim dasturi amalga oshirilmoqda. Hozirda uning qabul jarayonlari davom etyapti.
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
111605
Jamiyat
94638
Jamiyat
90624
Jamiyat
75098
Jamiyat
//
Izoh yo‘q