“Kundalik.com”ga obuna boʻlish majburiy ekani haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi

Saqlash
16:49 / 24.12.2021 6135 1

Ijtimoiy tarmoqlarda Xalq taʼlimi vazirligi oʻqituvchilardan ota-onalarni elektron kundalik obunasini uzaytirishga majburlashini talab qilinayotgani haqida maʼlumot tarqaldi. Xalq taʼlimi vazirligi axborot xizmati ushbu xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, XTV elektron "Kundalik.com"ga ota-onalarning obunasini uzaytirishga majburlash boʻyicha oʻqituvchilarga hech qanday koʻrsatma bermagan, obuna ixtiyoriy va shunday boʻlib qoladi.

 

Elektron jurnal va kundaliklardan foydalanadigan maktab oʻqituvchilari - “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunga muvofiq (637-sonli OʻzRQ, 23.09.2020-yilda qabul qilingan), ota-onalarga obunani uzaytirishni eslatish huquqiga ega.

 

“Shuningdek, 2021 oʻquv yilida "Kundalik.com"ga obuna narxi oyiga emas yiliga 8600 soʻmni tashkil etishini eslatib oʻtamiz. Mazkur summaga platformaning barcha funksiyalariga kirish, shuningdek, login va parol ham kiradi. Boshqa hech qanday alohida toʻlov amalga oshirilmaydi. Ikki va undan ortiq farzandi bor oilalar uchun esa 10% chegirma koʻzda tutilgan”, deyiladi xabarda.

1 Izoh

Bahrom

06:01 / 01.01.1970

Fikrim shuki kundalik com juda yaxshi ammo qiyinchilik tomonlari ham bor .Internet yaxshi ishlamay qolsa va w.fay. ishlamasa ,tok bo'lmay qolsa juda qiyin bo'ladi va ulgurib bo'lmaydi .Masalan W.F. ishi to'xtadi bu aniq kunimiz MGB ga qolgan boshqa iloji ham yo'q .Agar maktablarda W.F. yaxshi ishlasa zo'r ish bo'lardi .

Izoh qoldirish

//