7-dekabrdan Toshkent-Urganch-Xiva yoʻnalishida “Afrosiyob” poyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyiladimi?

Saqlash
16:31 / 04.12.2024 117 0

Ijtimoiy tarmoqlarda ilk bor Xorazmga “Afrosiyob” poyezdi kelgani tasvirlangan video tarqaldi. Izoh sifatida video ostiga 7-dekabrdan Toshkent-Urganch-Xiva yoʻnalishida “Afrosiyob” poyezdi harakati boshlanishi yozilgan.

 

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ ushbu tarqalgan xabar boʻyicha raddiya bildirdi.

 

“Maʼlum qilamizki, bu maʼlumotlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi”, deb yozilgan AJ raddiyasida.

 

Aniqlik kiritilishicha, Buxoro – Urganch – Xiva temir yoʻl uchastkasini elektrlashtirish ishlarini yakunlash doirasida bitta yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” poyezdi sinovdan oʻtkazilgan (yaʼni, haqiqatdan ham Xorazmga borgan). Ushbu bosqich yangi marshrutni sinovdan oʻtkazish va infratuzilmaning toʻliq foydalanishga tayyorligini tekshirish dasturining bir qismi hisoblanadi.

 

Biroq bu Xorazmga muntazam qatnov qoʻyilishini anglatmaydi.

 

Shu sababli ham “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ barcha ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarini bunday turdagi maʼlumotlarni olish va tarqatishda ehtiyot boʻlishga chaqirmoqda.

 

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Xivaga tezyurar poyezd olib kelinishi reja qilinayotgani haqida 2022-yilning 29-avgustida taʼkidlagan edi. Oʻshanda davlat rahbari reja qilingan davr 2024-yil boʻlishini maʼlum qilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//