Jamiyat
Foto: Uzbekistan Airports
Bugun, 4-dekabr kuni ob-havo sharoiti yomonlashgani sababli Toshkent xalqaro aeroportida havo kemalarini qabul qilishga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi.
Xabarda yozilishicha, cheklovlar vaqtida barcha reyslar muqobil aerodromlarga yoʻnaltiriladi.
Jumladan, “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Jidda — Toshkent yoʻnalishidagi HY336 reysi Namangan muqobil aeroportiga, Liej — Toshkent yoʻnalishidagi HY3174 reysi Buxoro muqobil aeroportiga yoʻnaltirilgan.
Maʼlumot uchun, parvozlarni qabul qilishdagi cheklovlar kecha, 3-dekabrda ham joriy etilgan edi.
Unda “Silk Avia” aviakompaniyasining Fargʻona-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha US402, “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Bishkek – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha HY778, “UTair” aviakompaniyasining Surgut-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha UTA-709, “Centrum Air” aviakompaniyasining Dubay-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha MFX-352 reyslari Samarqanddagi muqobil aerodromga yoʻnaltirilgan.
“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Grozniy – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha HY9702 reysi esa Buxorodagi muqobil aerodromida qoʻnish jarayonini amalga oshirgan.
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q