Toshkent shahridagi maktablarda virusli gepatit bilan kasallanish holati kuzatildi

Saqlash
09:20 / 04.12.2024 101 0

Kecha, 3-dekabr kuni Sanepidqoʻmita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tuman boʻlimi mutaxassislari tumanda joylashgan 214- hamda 65-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktablarida surishtiruv hamda sanitariya nazorati tadbirini oʻtkazdi. Bunga sabab mazkur maktablarda virusli gepatit A bilan kasallanish holati aniqlangan.

 

Nazorat davomida oʻquvchilar va ishchi xodimlarning oʻz vaqtida tibbiy koʻrikdan oʻtganlik xulosalari, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish tartibi, maktab binosi hamda sinf xonalarda joriy tozalik ishlarining olib borilishi, jihozlarning sozligi, isitish tizimlari yoqilib foydalanishga topshirilganligi, hojatxonalarda gigiyena qoidalariga rioya qilinganligi, shuningdek, qoʻl yuvish moslamalari va oqava suv tizimining soz holatdaligi toʻliq oʻrganilgan.

 

 

Yakuniy natijaga koʻra, maktablarning sanitariya holati talabga javob bermasligi maʼlum boʻlgan. Shundan soʻng aniqlangan kamchiliklar yuzasidan maktablar rahbariyatiga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//