Jamiyat
Oldinroq Buxoro shahrining eski shahar qismida avtomashinalar harakati cheklangan edi. Endi bu hududda boshqa turdagi transport vositalarining yurishi ham taqiqlandi.
“Ularning harakati tarixiy merosga zarar yetkazishi, qolaversa, bu hududda harakatlanayotgan koʻplab sayyohlar va mahalliy aholi vakillariga xavf tugʻdirishi mumkin”, deyiladi xabarda.
Aynan yuqoridagi omillar sababli endilikda Buxoro shahrining tarixiy qismida moto-avto vositalar, skuterlar, velosipedlar, mopedlarning harakati cheklangan.
Buxoro viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasining maʼlum qilishicha, aynan fuqarolarni bu boʻyicha xabardor qilish uchun yoʻl chetiga ogohlantiruvchi belgilar oʻrnatilmoqda.
Endilikda bunday yoʻl belgilari bor hamda transportlar yurishi taqiqlangan hududda moto-avto vositalar, skuterlar, velosipedlar, mopedlar bilan harakatlangan shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111791
Jamiyat
94671
Jamiyat
90663
Jamiyat
75279
Jamiyat
//
Izoh yo‘q