Jamiyat
Nodavlat taʼlim muassasalari uchun 2025-yil 1-yanvargacha berilgan soliq imtiyozlari muddati yana 5 yilga choʻziladi. Yaʼni, imtiyoz tugash muddati 2030-yilning 1-yanvari etib belgilanmoqda.
Shu hisobda, xususiy bolalar bogʻchasi va maktablar barcha soliq va yigʻimlardan ozod qilinadi(Biroq bunda ijtimoiy soliq nazarda tutilmagan).
Shuningdek, xususiy bogʻcha va maktablarda faoliyat yuritayotgan xorijiy oʻqituvchilar va mutaxassislar ham jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliqdan ozod qilinadi.
Ushbu tartib Soliq kodeksiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng amaliyotga joriy etiladi.
Maʼlumot uchun, taʼlim muassasalari uchun berilgan bunday imtiyoz dastlab 2021-yil 1-yanvargacha berilgan edi, keyin bu davr 2025-yil 1-yanvarga qadar uzaytirildi.
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q