Oʻzbekiston mahsulotlarini dengiz orqali tashish yoʻlga qoʻyilishi kutilmoqda

Saqlash
11:04 / 03.12.2024 147 0

Bugun, 3-dekabr kuni Oʻzbekiston bosh konsuli Jamoliddin Abdukarimov Qozogʻistonning Mangʻistau viloyatidagi “Quriq port” (Quryq porty) bosh direktori Serik Axmetov bilan uchrashuv oʻtkazdi.

 

 

Port rahbari suhbat davomida bandargohning ayni paytdagi holati, infratuzilma imkoniyatlarini kengaytirish uchun xalqaro hamkorlar bilan olib borilayotgan ishlar xususida maʼlumot berdi.

 

'“Quriq port”ni kelgusida rivojlantirish uchun bir qator infratuzilma loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan, shu jumladan, portda “Sarja” koʻp funksiyali dengiz terminali qurilishi yakunlanmoqda. Ushbu transport-logistika markazi loyihasi don va koʻp funksiyali terminallar va umumiy yuk terminallari qurilishini oʻz ichiga oladi. Bu portning yuk oʻtkazuvchanlik imkoniyatini sezilarli darajada oshiradi', degan u suhbat davomida.

 

Uchrashuvda Qozogʻiston tomoni oʻzbekistonlik eksportchilar murojaatlarini qabul qilish va ular bilan yaqindan ishlashga tayyorligini bildirgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//