Jamiyat
BBC joriy uchun dunyoning 100 nafar ilhomlantiruvchi va taʼsirli ayollar roʻyxatini eʼlon qildi.
Nobel mukofoti sovrindori Nadya Murad, aktrisa Sheron Stoun ham boʻlgan bu roʻyxatga oʻzbekistonlik tadbirkor Dilorom Yoʻldosheva ham kiritilgan.
Baxtsiz hodisa oqibatida ikki yil avval ikkala oyogʻini ham yoʻqotgan boʻlsa-da, Dilorom Yoʻldosheva umidsizlikka tushmasdan oʻzining tikuvchilik biznesini ochdi. Tadbirkorlik va resurslarni boshqarish asoslarini oʻrgangach, 40 dan ortiq xotin-qizlarga tikuvchilikdan saboq berdi. Ishchilar va maktab oʻquvchilari uchun kiyim tikish boʻyicha shartnomalar tuzib, oʻzidan tashqari yana oʻnlab boshqa ayollarni daromad bilan taʼminladi.
Maʼlumot uchun, BBC nashri har yili “100 ayol” roʻyxatini eʼlon qilib boradi. Roʻyxat dunyo boʻylab ishi va hayoti orqali boshqalarni ilhomlantiradigan 100 nafar nufuzli ayol haqida hikoya qiladi.
Eslatib oʻtish lozim, bir oy avval Adliya vazirligining “Madad” loyihasi doirasida suratga olingan “Matonat” filmi aynan Dilorom Yoʻldosheva hayotiga asoslanadi.
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q