Reklama xarajatlari boʻyicha Oʻzbekiston MDH davlatlari ichida 4-oʻrinni egalladi

Saqlash
16:02 / 02.12.2024 30 0

2024-yilda Oʻzbekistonda reklamaga ketgan umumiy xarajatlar summasi 481,5 mln dollarni tashkil qiladi.

 

Statistik maʼlumot koʻra, Oʻzbekiston reklama xarajatlari boʻyicha MDHda toʻrtinchi oʻrindan joy olgan.

 

Bunda birinchi oʻrinni Rossiya (10 mlrd dollar oshiq) band etgan boʻlsa, ikkinchi oʻrinni Qozogʻiston (777,7 mln dollar) egallagan.

 

Qizigʻi, urush ketayotganiga qaramay Ukraina (683,6 mln dollar) bu roʻyxatda 3-oʻrinda qayd etilgan.

 

Markaziy Osiyoda esa Oʻzbekistondan keyingi oʻrinda Turkmaniston turibdi. Bu mamlakat reklama xarajatlariga 156,6 mln dollar sarflagan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//