Jamiyat
Mamlakatda qurilishlar boʻyicha qonuniylik va shaffoflikni taʼminlash maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumadan, endilikda qurilish obyekti oldida QR-kodli pasport doskalar oʻrnatiladi. Bu orqali hududda qanday obyekt qurilayotgani, qachon ruxsat olingani, kim qurishi va qachon topshirilishi kabi maʼlumotlarni bilib olish mumkin boʻladi.
QR-kodli pasport boʻlmasa, qurilish noqonuniy hisoblanadi.
“1-dekabrdan boshlab har bir obyektga QR-kodli pasportlar berish boshlanadi. Bu degani, koʻrinarli joyda quruvchilar QR-kodni ilib qoʻygan boʻlishi kerak. Shu QR-kodga telefoningizni yoʻnaltirib, siz oʻsha obyekt haqidagi maʼlumot bilan tanishishingiz mumkin. QR-kodda obyektning nomi, manzili, buyurtmachisi kim, kim tomonidan qurilyapti, loyiha kim tomonidan amalga oshirilgan va obyektning foydalanishga topshirilish muddatlari haqida maʼlumotlar chiqib turadi”, deydi Axborot kommunikatsiya va texnologiyani rivojlantirish respublika markazi boʻlim boshligʻi Eldorbek Siddiqov.
Mutaxassislarning fikricha, ushbu amaliyot Oʻzbekistondagi noqonuniy qurilish muammosiga qarshi kurashishda samarali chora boʻladi.
Masalan, uy sotib olishda fuqarolar mazkur QR-kodli pasport orqali barcha savollariga javob olishi mumkin. Bundan tashqari, obyektning bu turdagi pasporti boʻlishi xaridorlarning ishonchini qozonishda ham as qotadi.
Bir necha kundan beri test rejimida boʻlgan ushbu amaliyot 1-dekabrdan boshlab ishga tushirilgan.
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q