Jamiyat
Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Oʻzbekiston Qurolli Kuchlarida va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda xizmatni oʻtash bilan bogʻliq cheklovlarni belgilashni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar shular jumlasidandir.
Shu qatorda, endi harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish taqiqlanishi mumkin.
Shuningdek, oʻz xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini koʻzlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ularning biron-bir mukofot, foyda yoki sovgʻalar olishi mumkin emas.
Bundan tashqari, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi kutilayotgan hujjatlarda ushbu xodimlarning qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlardan, preferensiyalar yoki afzalliklardan oʻz xizmat mavqei bilan bogʻliq holda foydalanishiga doir taqiqlar belgilanmoqda.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran bir oy oʻtgach kuchga kiradi.
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q