Jamiyat
2024-yilning 1-oktyabrigacha eng koʻp daromad koʻrgan va xarajat qilgan oliy taʼlim muassasalari roʻyxati eʼlon qilindi.
Jadvalda keltirilishicha, eng koʻp daromad koʻrgan oliy taʼlim muassasalari beshtaligi quyidagicha:
▪️ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 623 mlrd 373 mln soʻm;
▪️ Oʻzbekiston milliy universiteti – 430 mlrd 009 mln soʻm;
▪️ Fargʻona davlat universiteti – 332 mlrd 442 mln soʻm;
▪️ Urganch davlat universiteti – 295 mlrd 982 mln soʻm;
▪️ Qoraqalpoq davlat universiteti – 295 mlrd 599 mln soʻm.
Oʻtgan davr mobaynida sof daromad koʻrgan TOP-5 ta OTM quyidagicha:
▪️ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 151 mlrd 780 mln soʻm;
▪️ Fargʻona davlat universiteti – 77 mlrd 587 mln soʻm;
▪️ Samarqand davlat chet tillar instituti – 75 mlrd 938 mln soʻm;
▪️ Chirchiq davlat pedagogika universiteti – 51 mlrd 616 mln soʻm;
▪️ Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti – 48 mlrd 655 mln soʻm.
1-oktyabrgacha xarajatlari daromadidan koʻp boʻlgan oliy taʼlim muassasalarining TOP-5 taligi:
▪️ Samarqand davlat universiteti – -27 mlrd 649 mln soʻm;
▪️ Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti – -27 mlrd 453 mln soʻm;
▪️ Jizzax davlat pedagogika universiteti – -26 mlrd 756 mln soʻm;
▪️ Buxoro davlat pedagogika instituti – -22 mlrd 930 mln soʻm;
▪️ Qarshi davlat universiteti – -19 mlrd 917 mln soʻm.
Umumiy hisobda 2024-yilning oʻtgan 9 oyida davlat oliy taʼlim muassasalari 8 trln 744 mlrd 465 mln soʻm daromad koʻrgan. Xarajatlar esa 7 trln 607 mlrd 396 mln soʻmni tashkil qilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q