Oʻzbekistonda kino sanoatini rivojlantirish uchun qariyb 180 mlrd soʻm ajratiladi

Saqlash
09:59 / 02.12.2024 49 0

Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan eʼlon qilingan Oʻzbekistonning 2025-yil uchun davlat byudjeti loyihasida Madaniyat vazirligiga keyingi yildagi ishlar uchun qancha pul berilishi rejalashtirilgani koʻrsatilgan.

 

Jumladan, 2025-yil uchun Madaniyat vazirligiga respublika byudjetidan qariyb 1,2 trln soʻm ajratilishi kutilmoqda(aniqrogʻi 1 trln 171 mlrd 734 mln soʻm).

 

Shundan 1 trln soʻmdan oshiqroq pul vazirlikning joriy xarajatlariga, 120 mlrd soʻm esa obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun sarflanishi rejalashtirilmoqda.

 

Joriy xarajatlar uchun koʻrsatilgan mablagʻlarning maʼlum qismi kino sanoati uchun yoʻnaltiriladi.

 

Bunda:

▪️ davlat buyurtmasiga asosan milliy kino mahsulotlarini yaratish uchun xarajatlariga – 110 mlrd soʻm;

 

▪️ “Tirik tarix” dasturi doirasidagi filmlarni yaratish uchun xarajatlarga – 50 mlrd soʻm;

 

▪️ milliy seriallar ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish uchun respublika miqyosida faoliyat yurituvchi telekanallarga ajratiladigan subsidiyalarga – 12 mlrd soʻm;

 

▪️ “Ipak yoʻli durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalini oʻtkazish uchun xarajatlarga – 10 mlrd soʻm;

 

▪️ bolalar musiqa va sanʼat maktablarini, madaniyat markazlarini milliy cholgʻu asboblari bilan taʼminlash uchun xarajatlarga – 10 mlrd soʻm;

 

▪️ xorijiy kinokompaniyalar tomonidan Oʻzbekiston hududida kino ishlab chiqarish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun xarajatlarga 5 mlrd soʻm yoʻnaltiriladi.

 

Bundan tashqari, Madaniyat vaziri jamgʻarmasi mablagʻlariga 50 mlrd soʻm mablagʻ ajratiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//