Jamiyat
Oʻzgidromet bir oylik maʼlumotni eʼlon qildi.
Unga koʻra, bu yilgi dekabr oyining birinchi oʻn kunligida Oʻzbekiston hududi boʻyicha harorat tartibi oʻrtacha koʻp yillik qiymatlarga yaqin boʻladi. Havo harorati asosan kechalari 3 daraja sovuq–2 daraja iliq, kunduz kunlari 3–8 daraja iliq, baʼzi joylarda 10 daraja iliqqacha, shimolda kechalari 3–8 daraja sovuq, kunduz kunlari 2–7 daraja iliq atrofida boʻlishi kutilmoqda.
1-dekabrda respublika boʻyicha baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin) boʻladi. 2-dekabrda ayrim togʻli hududlarda biroz qor yogʻishi mumkin.
Keyinchalik deyarli birinchi oʻn kunlikning oxirigacha (3–8-dekabr) Oʻzbekiston hududi boʻyicha asosan quruq ob-havo kuzatiladi va faqat oʻn kunlik oxirida (9–10-dekabr) respublika boʻyicha baʼzi joylarda yogʻingarchilik boʻlishi mumkin.
Dekabr oyining ikkinchi va uchinchi oʻn kunliklarida harorat kechalari 0–5 daraja sovuqdan 2–7 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 3–8 daraja iliqdan 10–15 daraja iliqqacha oʻzgarib turadi. Oy oxirida esa harorat kechalari 5–10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0–5 daraja sovuqqacha pasayadi.
Shimolda harorat kechalari 8–13 daraja sovuqdan, baʼzi joylarda 15–17 daraja sovuqdan 3 daraja sovuq–2 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 2 daraja sovuq–3 daraja iliqdan 3–8 daraja iliqqacha oʻzgarib turadi.
Prognozda aytilishicha, koʻp yillik kuzatuv maʼlumotlarini tahlil qilish shuni koʻrsatadiki, qolgan oylarga qaraganda dekabr oyi noyabr oyi kabi global isishga kamroq moyil boʻladi.
Ilm-fan
Jahon
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q