Jamiyat
Yaqinda Markaziy bank raisi oʻrinbosari Behzod Hamroyev bitta foydalanuvchiga beriladigan kartalar sonini cheklash reja qilinayotgani haqida aytgan edi. Bu esa ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab boʻldi.
Mazkur masalaga oydinlik kiritish maqsadida Markaziy bank regulyatori rasmiy axborot berdi.
Maʼlum boʻlishicha, bank kartasi fuqarolarga bitta pasportga bittadan emas, aksincha bitta bankdan 5 tagacha beriladi. Barcha banklardan esa bu son 20 tagacha etib belgilanadi. Shunda ham, bu vaqtinchalik cheklov boʻlib, hozirda ushbu masala koʻrib chiqilmoqda.
Aslida bunday vaqtinchalik cheklovlarni oʻrtanishdan maqsad kartalari bilan bogʻliq shubhali (frod) operatsiyalarning oldini olish, firibgarlik sxemalarida jismoniy shaxslarga tegishli hisobvaraqlar va bank kartalari ishtirokini kamaytirishdir.
“Jismoniy shaxslar nomiga koʻp miqdorda ochilgan bank kartalarini tahlil qilish jarayonida, ushbu bank kartalarining bir qismidan (aksariyat holatlarda karta egasining xabari yoʻq) firibgarlik maqsadlarida foydalanilayotganligi aniqlangan”, deyiladi xabarda.
Taʼkidlanishicha, muhokama qilinayotgan meʼyorlar aholining bank kartalari orqali toʻlovlarni amalga oshirishda noqulayliklar keltirib chiqarmaydi. Ushbu talablar tijorat banklarining bank kartalarini emissiya qilish faoliyatini tartibga solishga qaratilgan. Ustiga-ustak, Markaziy bank bu boradagi vaziyatni muntazam kuzatib boradi.
“Shuningdek, ushbu talablar toʻliq tayyor boʻlgandan keyin jurnalistlar va keng jamoatchilik muhokamasiga havola qilinadi”, deb yozadi bank regulyatori.
Eslatma! Hozirda rejalashtirilayotgan bunday amaliyot chet el valyutasida ochilgan bank kartalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Maʼlumot uchun, bugungi kunda bank kartalariga ega jismoniy shaxslarning qariyb 97 foizida (22 mln.ta) 5 tagacha, 3 foizida (770 mingta) jismoniy shaxsda 5-20 tagacha, 0,03 foizida yoki 7 mingta jismoniy shaxsda 20 tadan oshiq kartalar rasmiylashtirilgan.
Ilm-fan
Jahon
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q