Oʻzbekistonda oʻquvchilar oʻzlarini maktab hududida xavfsiz his qilmayotganini aytmoqda

Saqlash
14:51 / 22.11.2024 137 0

Foto: Gazeta.uz

 

Oʻzbekistonda har yetti oʻquvchidan kamida bittasi maktabda oʻzini xavfsiz his qilmaydi, deya xabar berdi Kun.uz.

 

Xabarga koʻra, mazkur turdagi taʼlim muassasalarida urishqoqlik 31 foiz, bir oʻquvchining ikkinchi oʻquvchiga tan jarohati yetkazishi 21 foiz, haqoratli soʻzlar ishlatish esa 21 foiz koʻrsatgichda aniqlangan. Shuningdek, ular qatorida bezorilikka aloqador boshqa illatlar ham bor.

 

Eng yomoni esa oʻquvchilarning spirtli ichimliklar yoki taqiqlangan dori vositalarini isteʼmol qilishi sezilarli darajaga chiqqanidir – 26 foiz.

 

Bundan tashqari, oʻquvchilar koʻproq oʻzlarini maktab hududida xavfsiz his etmasligini aytgan. Masalan, oʻquvchilarning 20 foizi yoʻlak, oshxona, hojatxonani, 15 foizi maktabdan uyga qaytish yoʻlini, 14 foizi maktabga borish yoʻlini va yana 14 foizi sinf xonasini oʻzi uchun xavfli joy deb bilishini maʼlum qilgan.

 

Maʼlumot uchun, mazkur raqamlar Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT), PISA hamda Qozogʻistonning koʻrsatkichlaridan ancha yuqori.

 

Xabarda taʼkidlanishicha, Oʻzbekistonda har yetti oʻquvchidan kamida bittasi maktabda oʻzini xavfsiz his qilmaydi va zoʻravonlik yoki bezorilik guvohi boʻladi.

 

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//