Jamiyat
Bugun, 29-noyabr kuni Oʻzbekistonning yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Ravshanbek Alimov Turkmaniston poytaxtiga tashrif buyurdi.
58 yoshli diplomat N.Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universitetini, Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini, Jorjtaun universitetini (AQSh) tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1990-yilda viloyat darajasida Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tizimida (hozirgi Investitsiya, sanoat va savdo vazirligi) boshlagan.
Shu bilan birga, Alimov Oʻzbekiston Prezidenti devoni, Bosh vazir kotibiyatida, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligida boshqarma boshligʻi lavozimlarida ham ishlagan.
2002–2008-yillarda esa Oʻzbekistonning Ukrainadagi elchisi va oʻrindoshlik asosida Moldovada elchi, shuningdek, Fransiyadagi va oʻrindoshlik asosida Portugaliyada elchi boʻlib ishlagan.
Diplomat 2008-yilda TIV tizimida ish boshlagan. Jumladan, oʻtgan yillar davomida Moskvadagi elchixonada maslahatchi, markaziy apparatda boʻlim boshligʻi va boshqarma boshligʻi boʻlgan.
2020-yilda u senator etib saylangan. Xususan, yangi tayinlangan lavozimgacha Alimov 2020–2024-yillarda Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi vazifasida ishlagan.
Ravshanbek Alimov 2016-2024-yillarda Oʻzbekistonning Ashxoboddagi elchisi boʻlib ishlagan Akmal Qoʻchqorov oʻrniga tayinlandi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston elchisi ingliz, fransuz, rus va ukrain tillarini mukammal biladi.
Ilm-fan
Jahon
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q