Siyosat
Uning oʻrniga, Hisob palatasi raisi Adiz Boboyev Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi xabar berdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Erkinjon Oqbutayevich Turdimov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan oʻz lavozimidan ozod etildi.
Hisob palatasi raisi lavozimida ishlab kelgan Adiz Muzafarovich Boboyev Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Erkin Turdimov Samarqand viloyatida tugʻilgan. 2008—2016-yillarda Navoiy viloyati hokimi, 2016—2018-yillarda Surxondaryo viloyati hokimi boʻlib ishlagan. 2018-yilda Samarqand viloyati hokimi etib tayinlangan.
Adiz Boboyev (1972-yilda tugʻilgan) Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Davlat budjeti bosh boshqarmasining jamlanma budjet daromadlarini rejalashtirish va tahlil qilish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari (2010−2012) va Moliya vazirligi tuzilmasidagi boshqa lavozimlarda ishlagan.
Ilm-fan
Jahon
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q