Ertaga aksariyat hududlarda yomgʻir yogʻadi

Saqlash
11:28 / 28.11.2024 38 0

 

“Oʻzgidromet” 29-noyabr kuni kuzatiladigan ob-havo toʻgʻrisida maʻlumot berdi.

 

Toshkent shahri. Havo biroz bulutli boʻladi, kunning ikkinchi yarmida yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +8...+10, kunduzi +13...+15 daraja boʻladi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli boʻladi, baʻzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʻzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +2...+7, kunduzi +6...+11, Ustyurtda kechasi -3...+2, kunduzi +2...+7 daraja boʻladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli boʻladi, baʻzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʻzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi +8...+13, choʻl hududlarda kechasi va kunduzi +2...+7 daraja boʻladi.

 

Toshkent, Sirdaryo viloyatlari, Samarqand, Jizzax viloyatlari. Havo biroz bulutli boʻladi, baʻzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʻzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +5...+10, kunduzi +10...+15 daraja boʻladi.

 

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli boʻladi, baʻzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʻzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +7...+12, kunduzi +12...+17 daraja boʻladi.

 

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʻzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +2...+7, kunduzi +12...+17 daraja boʻladi.

 

Respublikaning togʻli hududlari. Havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, kuchli boʻlishi mumkin. Baʻzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʻzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi +2...+7 daraja boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//